Saytga kirolmay qolsagiz Telegram @erouz_pro deb qidiring
http://uz16.ru
KirishA'zo bo'lish Home
PEPSIUZ.NET - Yangi Taronalar Shu Yerda
Telegram kanalimiz JOIN tugmasini bosing
Eng Yangi Latifalar
Nikoh o‘qish marosimidan:
Mirsaid qizi Gulmiraxon, Abdullajon o‘g‘li Azamatga turmushga chiqishga, u bilan borlikda ham, yo‘qlikda ham, salomatlikda ham, kasallikda ham, mastlikda ham, tetiklikda ham, chiroq, gaz, suv borligida ham, puli tugab o‘chib qolganida ham, kredit to‘langanda ham, to‘lanmaganda ham, kvartirada ham, o‘z uyingizda ham birga yashashga rozimisiz?
Qo`shildi: 01.01.2021 / 00:00
Qorbobo:
Bu yil mendan hamma beva ayollar turmush o‘rtoq sovg‘a qilishimni so‘rashdi.
Nima emish!? Chol bo‘lsa ham mayli, ichmasa, chekmasa, urmasa, saxiy bo‘lsa, kifoya deyishibdi.
Eh, axir men ularni barchasiga uylana olmayman-ku!
Qo`shildi: 01.01.2021 / 00:00
Fizika darsida o‘qituvchi:
— Ahmedov, ayt-chi! Yorug‘likni tezligi kattami yoki tovushnimi?
— Tovushni tezroq...
— Nega?
— Oylik maoshim oshadi deb adam aytganlariga ancha bo‘ldi, lekin haliyam yorug‘lik chiqmadi.
Qo`shildi: 31.12.2020 / 00:00
Bir kuni eshak tatuirovka chizdiraman deb zebra bo‘lib qolibdi.
Qo`shildi: 31.12.2020 / 00:00
Ikkita eshak uchrashib qolibdi.
— Ishlaring yaxshimi?
— Yaxshi. O‘zingniki-chi?
— Xo‘jayinim o‘g‘lini har kuni so‘kadi. Xotinini va meni aralashtirmasdan so‘ksa bo‘ladi-ku!
Qo`shildi: 30.12.2020 / 00:00
Savol: Svet o‘chib, yonaversa xolodilnik tezroq ishdan chiqadimi? Yoki kompyutermi?
Javob: Odam.
Qo`shildi: 29.12.2020 / 00:00
Meni ukam pul topishni yo‘lini kattalardan yaxshiroq biladi.
Maktabda olgan har bir "5" bahosiga adam 10 ming so‘mdan beradilar.
O‘sha 10 ming so‘mdan 5 mingini ustoziga bersa, ustozi yana "5" baho qo‘yib beradi.
Qarabsizki, ukamga o‘z-o‘zidan pul kelib turaveradi-da!
Qo`shildi: 27.12.2020 / 00:00
Elektrosetdagilarga qo‘ng‘iroq qilsak, Trabilizer haydab kelishyapti.
Qo`shildi: 25.12.2020 / 00:00
Boshliq chiroyli kotibasini maqtayotganmish:
Barakalla, bor-yo‘g‘i 2 ta xato. Juda yaxshi. Endi 2-so‘zni yozing.
Qo`shildi: 24.12.2020 / 00:00
Yomon xotin MIB xodimiga o‘xshaydi.
Bor narsangni olib qo‘yadi. Kayfiyatingni buzadi. O‘z joningga qasd qilishgacha olib keladi.
Qo`shildi: 21.12.2020 / 00:00

<< 1 2 3 4 5 ... 444 >>

HomeOnline: 132