Saytga kirolmay qolsagiz Telegram @erouz_pro deb qidiring
http://uz16.ru
KirishA'zo bo'lish Home
PEPSIUZ.NET - Yangi Taronalar Shu Yerda
Telegram kanalimiz JOIN tugmasini bosing
Eng Yangi Latifalar
Er-xotin ta’tilga otlanishibdi. Xotin:
— Bolalarni oyimnikiga, kuchugimizni qo‘shniga tashlab ketamiz.
Mushukni dugonamnikiga olib borib qo‘yaman, - debdi.
Eri o‘ylanib turib:
— Xotin, uyimiz shunaqa tinch bo‘lsa, qayerga ketamiz. Uyda dam olaqolaylik, - dermish.
Qo`shildi: 12.01.2021 / 00:00
Er xotiniga "E onangni..." desa, mehmonxonadan qaynonasi chiqib "Ha kuyov?! Men kelganimni qayerdan bildingiz?" debdi.
Qo`shildi: 08.01.2021 / 00:00
Bozorda bir ona bolasini go‘sht sotadigan amakini yoniga yuborib debdi:
— Borib ayt, mana bu pulga 2 ta oyoq berar ekansiz degin.
Bolakay birozdan keyin molni oyoqlarini ko‘tarib kelib onasiga:
— Oyi, shuncha kutdim, amaki o‘zini tuyog‘ini yechmadi. , - degan ekan.
Qo`shildi: 07.01.2021 / 00:00
Qari otaxon nabirasi bilan ovqatlanib o‘tirishsa, nabirasi gapirmoqchi bo‘lib, endi og‘iz ochsa, bobosi:
— Ovqat paytida gapirib bo‘lmaydi, - deb tanbeh beribdi.
Ovqatlanib bo‘lgach, "Endi gapir" desa, nabirasi:
— Boya ovqatingizga pashsha tushib qolgandi, shuni aytmoqchi edim, - dermish.
Qo`shildi: 06.01.2021 / 00:00
Yigit va qiz tanishuvi:
— Sizga qanday yigitlar yoqadi?
— Menga yomon yigitlar yoqadi.
— Men bir kishini yomon urganman. Hozir shifoxona yotibdi.
— Rahmdil yigitlar ham yoqadi.
— Lekin urib qo‘yganimdan keyin rosa yig‘laganman.
Qo`shildi: 05.01.2021 / 00:00
Suv quvurlarini almashtirish tashkiloti xodimlarining qoidasi: Qayerda yangi asfalt qilingan bo‘lsa, tez borib o‘sha yerdagi suv quvurlarini almashtirish kerak.
Qo`shildi: 04.01.2021 / 00:00
Haydovchi ertalab soat 4 da yo‘lda ketayotsa, YPH xizmati xodimi daraxt orqasidan yugurib chiqib, mashinani to‘xtatibdi.
— Erta tongdan qayoqqa ketyapsiz hurmatli haydovchi. Hamma odamlar uxlab yotibdi. Shubhali...?!
— Men ham shuni aytaman. Hamma odamlar uxlab yotganda siz daraxt orqasida nima qilib turibsiz?!
Qo`shildi: 04.01.2021 / 00:00
Firibgarlar plastik kartamdagi pullarimni o‘g‘irlab olmasliklari uchun oylik maoshimni bir kunda ishlatib tashlayapman. Ajab bo‘pti o‘g‘rilar!
Qo`shildi: 03.01.2021 / 00:00
Semiz kishi ko‘chada yurib ketayotsa, motosikl kelib turtib yuboribdi.
— Bu nima qilganing?! Yonimdan aylanib o‘tsang bo‘lmasmidi?! - baqiribdi semiz kishi. Motosikl haydovchisi:
— Kechirasiz, sizni aylanib o‘tish uchun benzinim yetmay qoldi, - dermish.
Qo`shildi: 03.01.2021 / 00:00
Agar yigitlar 25 yoshgacha uylanmasa, undan keyin hammasi "hali yoshman" deydigan bo‘ladi.
Qo`shildi: 02.01.2021 / 00:00

<< 1 2 3 4 ... 444 >>

HomeOnline: 140