Saytga kirolmay qolsagiz Telegram @erouz_pro deb qidiringEng Yangi Latifalar
Stalinni xonasidan asabiylashib chiqqan polkovnik o‘ziga-o‘zi pichirlab "Mo‘ylovingga o‘t tushsin!" - debdi.
Buni eshitib qolgan kotiba yugurib kirib Stalinga "Mo‘ylovingga o‘t tushsin deb haqorat qildi" deb aytib beribdi.
Stalin g‘azab bilan darhol polkovnikni to‘xtatishlarini buyuribdi.
— Sen kimni haqorat qilding? Mo‘ylovingga o‘t tushsin deganda kimni nazarda tutding? - debdi Stalin.
— Gitlerni nazarda tutgandim, o‘rtoq general - debdi polkovnik.
Stalin kotibasi tarafga o‘girib qarab:
— Sen kimni nazarda tutding? - degan ekan.
Qo`shildi: Today, 00:00Er uxlab yotgan xotinini tepasiga kelib "Eh xotinjon gapirmasdan jim tursang qanday go‘zalsan!" degan ekan.
Qo`shildi: Yesterday, 00:00Yangi kelinchak Gitlerga o‘xshaydi.
2-3 oy reja tuzadi-da, bir umr jang qiladi.
Qo`shildi: 21.01.2021 / 00:00— Meni qo‘shnilarim yarim tunda devorimni taqillataverishadi. Hech tinchlik berishmaydi-ya...⠀
Yaxshi-yam men o‘sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo‘laman!
Qo`shildi: 21.01.2021 / 00:00Bir yigit yaxshi kayfiyatda sevgan qizi bilan uchrashuvga ketayotsa, yo‘l chetida bir apparatga ko‘zi tushibdi.
Apparatga "Kayfiyatngni tushiradi" deb yozilgan ekan. Yigit o‘zicha:
"Hozir hech nima meni kayfiyatimni tushira olmaydi!" - debdida, tugmasini bosibdi.
Apparat yigitni chiroyli kiyimiga suv sepib yuboribdi. Yigit jiqqa xo‘l bo‘lib tursa, atrofiga ko‘p odamlar yig‘ilib ustidan mas'hara qilib kula boshlashibdi.
Yigit atrofga qarasa, boshqa apparat bor ekan U yerga "Kayfiyatingni ko‘taradi" deb yozilgan ekan.
"Nima bo‘lsa bo‘ldi!" debdida, uni ham tugmasini bosibdi. Shu payt yigitni mas'hara qilib kulayotgan odamlarni ustiga suv sepilib ketgan ekan.
Qo`shildi: 21.01.2021 / 00:00Doktor qabulida:
— Doktor ayting-chi, shu gap rostmi? Sog‘liqni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmas ekan?!
— Kim aytdi sizga bu ahmoqona gapni?
Qo`shildi: 16.01.2021 / 00:00Yigitlarni xotirasi yaxshi emas!
Bilasizmi nega?
Sevgan qizini birinchi ko‘rgan kuni, telefon raqamini olgan kuni, uchrashuvga chiqgan kuni, kafega borgan kuni, gul bergan kuni, ...
Bularni barchasini eslab qolishga qiynalishadi. Shuning uchun hammasini bir kunda bajarishga harakat qilishadi.
Qo`shildi: 15.01.2021 / 00:00Okeanda suzib kelgan shisha idishni ichidan xat topilibdi. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan edi:
"Kimsasiz oroldaman. Bu yerda tirikchilik uchun hamma narsa bor. Bu yerda soliq qo‘mitasi yo‘q, prokuratura yo‘q, sud yo‘q , mahalla oqsoqoli-ku umuman yo‘q. MIB yo‘q, virus ham yo‘q. Endi shu yerni qidiringlar. Tezroq topib kelinglar!"
Qo`shildi: 14.01.2021 / 00:00Ikkita qo‘y dalada uchrashib qolibdi:
— Ba-a-a, - debdi biri.
— Ma-a-a, - debdi ikkinchisi.
— Nega “Ma-a-a” deyapsan? – debdi birinchisi.
— Chet tilini o‘rganyapman, - deb javob beribdi qo‘y.
Qo`shildi: 13.01.2021 / 00:00Ish faoliyatingni mazmunli olib borishingda hamkasblaring juda muhim! Axir hamma aybni ularga to‘nkab qo‘yish mumkin.
Qo`shildi: 12.01.2021 / 00:00